Hofizi Abro‘ning yozishicha, Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. U davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan har bir masalani hal etishda, shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashardi.
Odatda u tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar o‘tkazardi. Amir Temur saroyida ulamolardan mavlono Abdujabbor Xorazmiy, mavlono Shamsuddin Munshi, mavlono Abdullo Lison, mavlono Bahruddin Ahmad, mavlono No‘’monuddin Xorazmiy, Xo‘ja Afzal, mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqa xizmat qilardi. Alisher Navoiyga Amir Temurning ilm va ma’naviyat aqliga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi juda yoqar edi. Bu haqda Navoiy shunday degandi: "Agar Temur qayerda fan, madaniyat va san’at ahlini uchrasa, ularni o‘z homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom ko‘rsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat berar hamda bu zotlardan o‘z oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va boshqa lavozimlarda foydalanardi".
Amir Temur davrida savdo va hunarmandchilik g‘oyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo qilinadi. Klavixo Samarqand bozorlarida bug‘doy va guruchning mo‘lligi va arzonligi haqida gapirib, shahar hunarmandchiligi mahsulotlarini — atlas, kimxob, har xil ip va jun to‘qima mollar, mo‘ynali va ipakli po‘stinliklar, attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvardlar hamda boshqa mollarning serobligini ham ta’kidlaydilar.
Bu davrda Amir Temur va uning joy Sulton Mahmudxon asir olingan noiblari Xitoy va Hindistondan O‘rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga yo‘nalgan asosiy xalqaro savdo yo‘li — "Buyuk ipak yo‘li"ni nazorat qilib, savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta’minlashda, rabotlar, qal’alar, ko‘priklar qurish yo‘lida muhim chora-tadbirlar ko‘rdilar va Sharq bilan G‘arb o‘rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga g‘oyat katta e’tibor berdilar. Amir Temur eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda hukmdorlar o‘rtasidagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatdi.
Амир Темур жонбоз қурувчи эди, у ажойиб боғ-роғли муҳташам иншоотлар барпо этди, шаҳар ва қишлоқларни тиклади. Суғориш тизимлари барпо этилди ва таъмирланди, расмий тарих таъбирига кўра, у экин экишга яроқли бир қарич ерни ҳам бекор қўймасди. (Шарқшунос, манбашунос олим В.В.Бартольд)