Amir Husayn o‘ldirilib, (unga qarashli) Balx, hisori Shodmon[1] va Badaxshon viloyatlari mening tasarrufimga o‘tgani haqidagi xabar Xuroson hokimi Malik g‘iyosiddinga[2] yetganida, uni qo‘rqinch bosdi, (urush qilish uchun) lashkaru sipoh to‘plab, mudofaaga aylandi.
Kengashib, xurosonliklar hushyorligini so‘ndirib, g‘aflat uyqusiga cho‘mdirish uchun, men harbiy hiyla ishlatish fikriga tushdim. Shu maqsadda Samarqandga yurish qilmoqchiday bo‘lib orqaga qaytdim. Shu asnoda Malik g‘iyosiddinning (mendan ko‘ngli tinchib), jabr-zulm qilmoqqa qo‘l urganligi haqida pirimdan[3] xat oldim. Mening Samarqand tarafga qaytganim haqida-gi xabarni eshitib g‘iyosiddin xotirjam o‘tirgan edi. Shunda men o‘z-o‘zimga kengashib: «Ana endi xuroson-liklarning ko‘ngli mendan xotirjam bo‘ldi, ularning ustiga bostirib borishning ayni payti»,–dedim va Balx chekkasidan qaytib, Balxda qoldirgan askarla-rim bilan hirotga qarab yurdim, Malik G‘iyosiddinni g‘aflat uyqusida bosdim va u nochor shahardan chikdi, xazina va tamom boyligini menga peshkash[4] kildi. Shunday qilib, Xuroson mulki mening qo‘limga o‘tdi[5]. Xurosonning barcha amirlari menga bo‘ysundilar.
[1] Hisori Shodmon–Hisor viloyati (qadimgi Chag‘oniyon)ning bosh shahri; mustahkam qal’asi bo‘lgan, qadimgi nomi Shumon. Xarobalari Dushanba shahrining g‘arbiy tarafida hozir ham mavjud.
[2] Malik G‘iyosiddin–1245–1389 yillari G‘ur (hozirgi markaziy Afg‘oniston) va hirot viloyatlarini tasarruf etgan kurtlar sulolasi vakili. haqiqiy ismi –Malik G‘iyosiddin II Pir Ali. 1370–1381 yillarda hukmronlik qilgan.
[3] Bu yerda Zayniddin Abubakr Tayobodiy nazarda tutilgan.
[4] Peshkash–hadya, tortiq.
[5] Amir Temur tomonidan Xurosonning uzil-kesil bo‘ysundirilishi 1381–1383 yillari amalga oshgan.
Amir Temur yoshligidayoq aqlining tiniqligi va jasurligi bilan ajralib turardi. Unda harbiy iste’dod erta namoyon bo‘ldi, u otda yurish mashqini olgan va kamondan otishga mohir edi. (Aleksandr Yurevich Yakubovskiy)