Amr qildimki, piyodalar, qalaqchilar, yasovullar, chopovullarning bir yillik maoshlarini hisoblab, belgilangan mablag‘ni devonxonaga keltirib, shu yerda ularga (amirlari orqali) ulashsinlar. Oddiy sipohiylar va bahodirlarning olti oylik maoshini ham hisoblab, tanxoh xazinasidan olib berishni buyurdim.
O‘nboshi, yuzboshilarga maosh shahar omonligi[1] xazinasidan va podsholik mulki daromadidan nakd pul hisobida yozilsin. Mingboshilarga viloyat ichidagi ekinzor yerlardan tuyul[2] bersinlar. Amirlar va amir ul-umarolarga esa chegaralardagi viloyatlardan biri tuyul qilib belgilansin.
Viloyatlardan tushgan daromadlarni ushbu yo‘sinda taqsimlashni buyurdim: viloyatlar va mamlakatlardan olingan ja’mi daromadni taqsimlab, maosh berish yorliqlariga biriga kam, biriga ortiq qilib yozsinlar. So‘ng yorlikdar devonxonaga keltirilsin. Amirlar va mingboshilar shu yorlikdardan birini chiqarib olsin. Agar yorlikda maoshidan ortiq (ko‘rsatilgan) bo‘lsa, boshqani o‘ziga sherik qilsin. Bordiyu kam bo‘lsa, uni qo‘yib boshqa yorliq tortib olsin.
Yana buyurdimki, amirlar, mingboshilar raiyatdan molu jihot[3] yiqqanlarida, xirojdan ortiqcha sovrun, qo‘nalra[4] va shilon[5] talab qilmasinlar.
Tuyul qilib berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir tayinlasinlar. Biri viloyatdan yig‘ilgan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursinki, jogirdor–er egasi[6] fuqaroga jabr-zulm yetkazib, ularning holini xarob etmasin. U viloyatdan yig‘ilgan butun mol-ashyolarni kirim daftariga yozishi lozim. Ikkinchi vazir esa, (daromadning) xarj etilgan qismini chiqim daftariga yozsin va (yig‘ilgan mollardan) sipohiylarning maoshiga taqsim kdlsin. Qaysi amirga tuyul berilar ekan, uni uch yilgacha o‘z holiga qo‘ysinlar. Uch yil o‘tgandan so‘ng uni tekshirib ko‘rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga ters bo‘lsa, ul viloyatni xolisaga[7] o‘tkazib, uch yilgacha o‘sha yer egasiga haq berilmasin.
Yana buyurdimki, xirojni raiyatdan kaltaklash va savalash yo‘li bilan emas, balki ogoxdantirish, qo‘rqitish va tushuntirish yo‘li bilan undirsinlar. qaysi hokim hukmining ta’siri kaltaklash ta’siridan kamroq ekan, unday hokim hukumat yurgizishga yaroqsizdir.
[1] Shahar omonligi xazinasi–fath etilgan shahar aholisidan to‘plangan «moli omon» (o‘lpon) saqlanadigan xazina.
[2] Tuyul–xiroj va soliq yig‘ib olish haqqi bilan in’om etilgan yer-mulk, viloyat.
[3] Molu jihot–qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan natura tarzida olinadigan soliq; daromadning beshdan bir yoki uchdan bir qismi hajmida olingan.
[4] Qo‘nalg‘a–elchilar, xon choparlari, o‘tkinchi amaldorlar va sipohiyga qo‘noq berish; ularning navkarlari, soqchilari va xizmatchilarini, shuningdek, ot-ulovini boqish majburiyati.
[5] Shilon–xalqadn to‘planadigan soliq turi.
[6] ... yer egasi–matnda «jogirdor» – podshoh oldidagi alohida xizmatlari uchun soliq yig‘ish haqi bilan yer tortiq qilingan mansabdor shaxs. Boburiylar davrida qo‘llangan atama. Undan oldingi manbalarda uchramaydi. Abu Tolib Husayniy tarjima jarayonida o‘z davrida muomalada bo‘lgan so‘zni ishlatib ketgan ko‘rinadi. 13–14 asrlargacha «iqta’» shaklida, so‘ngra 16 asrgacha ko‘proq «suyurg‘ol» shaklida, Boburiylar davrida esa «jogir» deya atalgan. Mana shu kabi holatlar tarjimon asil manbaga nisbatan ancha erkin munosabatda bo‘lganini ko‘rsatadi. (–А.А.)
[7] Xolisa–davlat ixtiyorida bo‘lgan, barcha soliqlardan ozod etilgan yer-suv va mol-mulkni tasarruf etuvchi oliy idora.
Amir Temur olimlarga xayrixoh munosabatda bo‘lar va bilimi bilan halloligini ko‘rgan olimlarga ishonar edi. U tarixchi va faylasuflar, ilm-fan va ma’muriy sohada bilimdon bo‘lgan kishilar bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtidan ham tushar edi. Amir Temur o‘zidagi kishilarni bo‘ysundirish qobiliyatiga ularni o‘z hukmronligi ostida baxtiyor qilish iste’dodini ham qo‘shgan edi. (Lui-Matyo Langle)