Mening shon-shavkatim va qudratim ovozasi (Rum) qaysarining[1] qulog‘iga yetdi. U o‘ziga qarashli Sivos hamda Malatiya qal’alari hamda ularga tobe’ yerlarni zabt etganim, qal’alar ichidagi askarlarining barisini tarqatib, tevarak-atrofga sochib tashlaganim haqidagi xabarni eshittach, tomirlaridagi g‘ayrat harakatga keldi va lashkarim zarbasidan qochib, qaysar qoshida panoh topgan qora Yusuf Turkman[2] ig‘vosi bilan ustimga lashkar tortishga qaror qildi.
Qaysar baloga yo‘liqib, davlati vayron bo‘lishi yaqinlashib qolgandi, chunki u Qora Yusufning ig‘vosiga uchib, menga qarshi lashkar tortgan edi. (Qolaversa) Misr va Shom qo‘shinlarini ham yordamga chaqirgan edi. Men kengashib lashkarimni uch favjga ajratsam yaxshi bo‘lar, dedim. Biroq jangda yengish-engilish ishi takdir pardasi ostida yashirinligi bois bu to‘g‘rida amirlarim bilan kengash o‘tkazdim. Ular sipohiylarga xos ish tutib, urush ochmoqni maslahat berdilar.
(Shunday bo‘lsa) ham men qaysarning (g‘ayrat) o‘tini achchiq-chuchuk gap bilan so‘ndirmoqni maslahat ko‘rdim va unga maktub yo‘lladim. Xatning qisqacha mazmuni shunday edi: «Eru ko‘kni yaratgan Tangri taologa cheksiz shukrlar bo‘lsinkim, yetti ikdim mamlakatlarining ko‘pini mening farmonimga kirgizdi va olam sultonlari, hokimlari menga egilib, itoat halqasini jon qulokdariga takdilar. O‘z qadrini bilib, haddidan oshmay jasorat oyokdarini tiygan bandasini Tangri yorlaqasin! Sening naslu nasabing qaerga borib taqalishi jahon xalqi oldida ma’lumdir. Shunday ekan, holingga munosib ish tutib, jur’at oyog‘ini oldinga qo‘ymagilki, ranju mehnat balchig‘iga botib, balo chuquriga yiqilgaysan. Iqbol eshigidan haydalgan bir to‘da ig‘vogar kishilar g‘arazli ishlarini bajarish uchun sening panohingdan joy olib, uxlab yottan fitnani uyg‘otmishlar. Yana o‘shalarning ig‘vosi bilan davlating yuziga ofat va balo eshigini ochmagil. (Darhol) Qora Yusufni mening oldimga yuborgil. Yo‘q esa taqdir pardasi ikki lashkar saflari to‘qnashganda yuzingga ochilg‘usidir»[3].
Maktubni tanilgan elchilarim bilan qaysarga yuborganimdan keyin Shom poytaxti (Damashq)ga borib turishga qaror qildim. Hums va Halab yo‘li orqali u yerga ravona bo‘ldim. halab shahriga yetganimda Misr podshosi Malik Barquq o‘g‘li Malik Faraj[4] mening Damashqqa kelayotganimni eshitib, shoshilinch ravishda Misrdan Damashqqa qarab yo‘l olgani haqida xabar keltirdilar. Men Misr va Shom lashkarlarining qushilishiga iul quimaslik uchun zudlik bilan otlanib, oldinga yurdim. Lekin Malik Faraj abjirlik qilib, mendan oldin Damashqqa yetib oldi. (Shunday bo‘lsa ham) men uning orqasidan shaharga yetib bordim va Damashqni zabt etdim[5].
[1] Bu yerda Usmonli imperiyasi sultoni Yildirim Boyazid I (1389 –1402) nazarda tutiladi. 1403 yilning 8 martida Oqshaharda vafot etgan. O‘rta asrlarda bitilgan tarixiy manbalarda Rum mamlakati sultonlari shu nom bilan atalgan. (–A.A.)
[2] Qora Yusuf Turkman–1380–1468 yillari Iroq va Ozarbayjon ustidan hukm yuritgan Qora-qo‘yunlilar sulolasidan chiqqan hukmdor (1388–1420). (–А.А.)
[3] Lekin Boyazid Yildirim Amir Temurning talabini inobatga olmagan, aksincha, unga haqoratomuz javob maktubi yo‘llagan.
[4] Malik Barquq o‘g‘li Malik Faraj–1382–1517 yillarda Misr bilan Shomda hukmronlik qilgan Burjiylar sulolasidan chiqqan hukmdor (1399–1405). Sharkdagi Amir Temurga qarshi kuchlar, To‘xtamish, Qora-qo‘yunli turkmanlari, Sulton Ahmad jaloyir va Rum sultonlari bilan ittifokdosh bo‘lgan.
[5] Bu voqea 1401 yil 11 yanvarda yuz bergan.
Deyarli bartaraf etib bo‘lmaydigan ikki g‘ov, bizning taassub va tarixning yanglishiligi - bizning Amir Temurni bilishimizga va baholashimizga monelik qildi. Biroq ko‘pgina mualliflarning o‘z salnomalarida uni soxta bayon etganliklari muhim emas, axir uning nomi millatlar voqeanomalarida o‘chmas yozuvlarda qayd etilmaganmi?! Axir, avlodlari foydalanib kelgan zafarlari uning buyuk zakovatini isbotlash uchun yetarli emasmi? (Lui-Matyo Langle)